Vatanimizda sportga berilayotgan e’tibor natijasida chempionlarimiz ko’plab mamlakat arenalarida yurtimiz bayrog‘ini ko’klarga ko’tarishmoqda.
Ekvadorning Guayakil shahrida oʻtkazilgan dzyudo boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi, Termiz davlat universitetining Yuridik fakulteti 3-kurs talabasi Mamatraximov Jahongirning -90 kg vazn toifasidagi bahslarda yurtimiz sharafini himoya qilgani hamda jahon chempionatining oltin medalini qo‘lga kiritgani to‘g‘risida xabar bergan edik.
Bugun Termiz davlat universitetida jahon chempioni bo‘lgan talabamiz bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Oliygoh rektori A.Maraximov chempion talabamizni ushbu yutug‘i bilan, eng avvalo o‘zini va oila a’zolari hamda ustozlarini muborakbod etgan holda o‘zining samimiy dil so‘zlarini bildirdi hamda 10 mln soʻm miqdorda pul mukofoti bilan taqdirlandi.
Hududlarida yosh iqtidor sohiblarini aniqlash va qo‘llab-quvvatlash, ularni yuksak parvozlar sari rag‘batlantirishga qaratilayotgan alohida e’tibor samarasi sifatida O‘zbekiston yoshlarining dunyoda hech kimdan kam emasligini namoyon etayotganidan yana bir dalolatdir. Universitetimizda jahon chempionlari safi yanada kengayaversin.