Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini kredit-modul tizimi asosida joriy etilishini takomillashtirish, o‘quv uslubiy, normativ-huquqiy, tashkiliy va pedagogik masalalar yuzasidan 2022/2023-o‘quv yiliga mukammal tayyorgarlik ko‘rish, mazkur yo‘nalishdagi mas’ul xodimlarning bilim va amaliy ko‘nikmalarini yanada kengaytirish maqsadida oliy ta’lim muassasalarida sayyor seminar-treninglar tashkil etilmoqda.
Shu munosabat bilan Termiz davlat universitetida Surxondaryo viloyatida mavjud OTMlari uchun seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Unda Oliy ta’limni rivojlantirish va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazi bo‘limi boshlig‘i, ishchi guruh rahbari G.Baxodirova, O‘zMU o‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘I V.Topildiyev, TerDU Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor R.To‘rayev, viloyat oliy o‘quv yurtlari o‘quv ishlari bo‘yicha prorektorlari hamda o‘quv-uslubiy bo‘lim boshliqlari ishtirok etishdi.
Seminar-treningda kredit-modul tizimining asosiy tamoyillari, kredit-modul tizimida o‘quv jarayonining uslubiy ta’minoti, o‘quv reja va o‘quv dasturlari (sillabuslar)ni yaratish amaliyoti, kredit-modul tiziminida talabaning mustaqil mashg‘ulotlari va ARM faoliyatini tashkil qilish, kredit-modul tiziminida raqamlashtirish masalari, registrator ofisi faoliyati, 2021-2022 o‘quv yilida kredit-modul tizimini tadbiq etishda uchragan qiyinchilik va muammolar kabi mavzularda ishtirokchilarga ma’lumot berib o‘tildi.