Termiz davlat universitetining faollar zalida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi Odiljon Iminov Oliy Majlis Senatining 2022 yil 4-5 avgust kunlari 29-yalpi majlisida ko‘rib chiqilgan masalalar, qabul qilingan qarorlar hamda ma’qullangan Qonunlarning hamda mazmun-mohiyati haqida ma’lumotlar berib, targ‘ibot ishlarini olib bordi.
Ushbu yig‘ilishda Termiz davlat universiteti rektori, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Maraximov, ta’lim yo‘nalishlari rahbarlari, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari va kotibiyat mudiri S.Abduraimov va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.
Ishtirokchilar Oliy Majlis Senatining yigirma to‘qqizinchi yalpi majlisida ko‘rilgan barcha masalalar haqida ham atroflicha ma’lumotga ega bo‘ldilar.