2022/2023-oʻquv yilida Termiz davlat universitetida oʻqish istagini bildirgan va hujjat topshirgan texnikum bitiruvchilari uchun suhbat jarayonining birinchi kuni yakunlandi.
Unda Moliya va moliyaviy texnologiyalar ta'lim yo'nalishi hamda Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha) ta'lim yo'nalishi 1-guruh abituriyentari ishtirok etishdi.
Oliygohda abituriyentlarning ota-onalari, yaqinlari uchun ham barcha shart-sharoitlar yaratildi. Ota-onalar uchun maxsus kutish xonalari tashkil etilgan bo'lib, 85 dyumdagi InoMax katta ekranlarda salqin xonalarda imtihon jarayonlarini to'g'ridan-to'g'ri kuzatib borishdi.