Xabaringiz bor, Ekvadorning Guayakil shahrida dzyudo bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston terma jamoasi a'zosi, Termiz davlat universitetining Yuridik fakulteti talabasi Mamatraximov Jahongir 90 kg vaznda 1-o‘rinni egalladi hamda oltin medal sovrindori bo‘ldi.

Chempionimizni ushbu yutug‘i bilan, eng avvalo o‘zini va oila a’zolari hamda ustozlarini samimiy muborakbod etamiz!
