O'tmish va tarix. Bu ikki so'z o'zining qamroviga juda katta ma'nolarni mujassam etgan. O'tmish va tarixsiz kelajakni barpo etish, kelajakka intilish mushkul ekanligini barcha birdek anglaydi va biladi. O'tmish va tarixni yodga olib, u bilan har doim suhbatlashsak, ularning nasihatiga quloq tutsak, kelajakda maqsad qilgan yuqori marralarni zabt etish ham oson kechadi. Shu maqsadda bugun Termiz davlat universiteti Tarix fakultetida "Faxriylar bilan faxrlanamiz" hamda "Uch avlod uchrashuvi" bo'lib o'tdi.
Unda Mudofaa vazirligi faxriylari bo'yicha kengash raisi, isteʼfodagi podpolkovnik Sh.Madiev, Qashqadaryo viloyati kengashi raisi G’.Umirqulov, Buxoro viloyat kengashi raisi, rezervdagi podpolkovnik Oʻ.Omonov, Surxondaryo viloyat faxriylar kengashi raisi, rezervdagi podpolkovnik T.O'rinov, DXX chegara qo‘shinlari viloyat faxriylar kengashi, isteʼfodagi podpolkovnik Z.Karimov, N-harbiy qism ofitserlari, podpolkovnik M.G'ulomov, janubiy operativ qo'mondonligi harbiy orkestr jamoasi va N-harbiy qism komandrining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo'yicha o'rinbosari N.Otajonov hamda Tarix fakulteti professor-o‘qituvchilari, tyutorlar va talabalari faol ishtirok etishdi.
Uchrashuvda Vatani himoya qilish hammamizning burchimiz ekanligi, Ikkinchi jahon urushi yillari va Mustaqillik yillarida yurtimizda davom etayotgan moddiy va ma'naviy taraqqiyot asosida tinchlikni saqlash, iqtisodiyotni rivojlantirish va xalqimiz turmush darajasini yanada yuksaltirish borasida ulkan natijalarga erishilayotgani toʻgʻrisida fikrlar bildirildi.