Jamiyat va oila tushunchalari bir-biri bilan chambarchas bog‘liq. Bu bog‘liqlik jamiyatning oilalarsiz mavjud bo‘lmasligi hamda o‘z navbatida oilaning ma’lum bir jamiyat tarkibida vujudga kelishi va yashovchanligida ko‘rinadi. Oila hamda jamiyat o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlar ikki tomonlama aloqadorlik xususiyatiga ega. Har bir oila umumjamiyat talablari asosida faoliyat yuritadi.
15-may "Xalqaro oila kuni" munosabati bilan Termiz davlat universiteti Xotin-qizlar Kengashi tashabbusi bilan O'zbek filologiyasi fakultetida "Farovon oila sari" mavzusida fakultetlararo esselar tanlovi o'tkazildi.
Yakuniy natijalar tez kunlarda Termiz davlat universiteti rasmiy veb-sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida eʼlon qilinadi.