O‘zbek va tojik xalqi azaldan doʻst-u birodar boʻlib yashab kelishmoqda. Ular ikki tilda gaplashsada, madaniyat, urf-odat va anʼanalar oʻxshashdir.
Termiz davlat universitetida tojik xalqining taniqli shoiri Sadriddin Ayniy tavalludining 144 yilligi munosabati bilan adabiy-badiiy kecha tashkil etildi.
Mazkur tadbirda professor-o‘qituvchilar, ijodkorlar, talabalar, OAV vakillari ishtirok etdi. Sadriddin Ayniy hayoti va ijodiy faoliyati haqida ma‘ruzalar qilindi. Talabalar tomonidan adib faoliyati bilan bog‘liq badiiy lavha, asaridan parcha ijro etildi.