TerDU Ijtimoiy fanlar fakulteti talabalari bilan Yoshlar bilan ishlash va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektor O.Shofiyev, TerDUning talabalar orasida ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlashga masʼul boʻlgan rektor maslahatchisi S.Aliqulov, Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari I.Bobomurodov hamda Yoshlar itiffoqi boshlang'ich tashkiloti yetakchisi I.Tolipov ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Muloqot davomida talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, darslarning sifati, maqolalar yozilish tartibi bo'yicha va til to'garaklarini tashkil qilish shuningdek talablarni ish bilan ta'minlash to‘g‘risida fikrlar bildirildi.
Do‘stona munosabatlarda o‘tgan ochiq muloqotda talabalarning muammolari va takliflari tinglandi.
Bizni kuzatishda davom eting!