Bugungi kunda dunyoda ilmsizlik va jaholat oqibatida yuzaga kelayotgan ekstremizm va terrorizm kabi illatlar barchani tashvishga solib kelayotgani barchamizga ma’lum. Buning oldini olish uchun esa yoshlarni ilm-maʼrifatli, komil inson qilib tarbiyalash jamiyatimiz, ziyolilarimiz oldida turgan kechiktirib boʻlmas vazifadir.
Termiz davlat universiteti Iqtisodiyot va turizm fakultetida “Men diniy ekstremizm va terrorizni qanday tushunaman”, “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzularida talabalar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Talabalarga avvalo muqaddas Islom dinining asl mohiyatini aslida bizning vatanimizdan chiqqan buyuk daholar Moturidiy, Al-Buxoriy, At-Termiziy va boshqa bir qancha mutafakkirlar tomonidan bebaho asarlar bitib qoldirishganligi, butun dunyodagi islom diniga e’tiqod qiladigan xalqlar va davlatlar tan olganligi haqida aniq fikrlar bildirildi.
Bizni kuzatishda davom eting!