Mehmonlar oliygohdagi Qatag‘on qurbonlari muzeyi bilan ham tanishdilar. Yurtimiz tarixini aks ettiruvchi har bir eksponant O‘zbekistonni o‘z ota yurti deb biluvchi qardoshlarimizda katta qiziqish uyg‘otdi.
Tadbirda so‘z olganlar ikki davlat o‘rtasidagi tarixiy aloqalarni alohida e’tirof qilishib, ularni davom ettirish xalqlarimiz o‘rtasidagi madaniy mushtaraklikni yoshlarga yetkazish xususida to‘xtaldilar. Mehmonlar O‘zbekistonimizni madh qiluvchi ozar tilidagi bir nechta kitoblar taqdimotini ham o‘tkazishdi.
Samimiy muloqot davomida mehmonlar TerDU rahbariyatiga Ozarbayjon milliy san’ati namunalaridan iborat esdalik sovg‘alarini topshirishdi.