Oʻzbekiston-Ozarbayjon xalqlari azaldan tili, dini, madaniyati, qadriyatlari oʻxshash qardoshlar sifatida yashab kelishgan. Soʻngi yillarda bu aloqalar yangi bosqichga chiqmoqda. Surxondaryoda oʻtkazilayotgan Ozarbayjon milliy madaniy kunlari doirasidagi tadbirlar ham ana shunday aloqalarning mustahkamlanishiga xizmat qiladi.
“Ozarbayjon milliy madaniyati kunlari” ni Termiz shahrida oʻtkazish uchun tashrif buyurgan 18 nafar delegatsiya aʼzolari Termiz davlat universitetida bo‘lishdi.
Dastlab universitet rektori A.Maraximov, soha prorektorlari, fakultet dekanlari hamda delegatsiya a’zolari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston Respublikasining ta’lim tizimi, universitet tarixi, O‘zbekiston va Ozarbayjon oliy ta’lim tizimidagi aloqlar xususida fikrlar bildirildi. Tanishuv suhbatida ikki davlatning ilmiy, madaniy, turizm va boshqa sohalaridagi hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish boʻyicha qator loyihalar muhokama qilinib, ularning istiqboli haqida soʻz yuritildi.