O’zbek urf-odatlari va an’analariga asoslangan holda yosh avlod ma’naviy tarbiyasini shakllantirish, madaniyatini yuksaltirish, estetik didini rivojlantirish, milliy mentalitetimizga mos liboslarni keng targ`ib qilish maqsadida Termiz davlat universiteti hamda “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Surxondaryo viloyat Kengashi hamkorligida “XON ATLAS JILOSI-2022” milliy liboslar namoyishi bo’lib o’tdi.
Milliy libos va san’at fakultetining eng faol talaba qizlari o’zlarining milliy liboslari kolleksiyasini namoyish etishdi.
Tadbir so’nggida ishtirok etgan barcha faol talabalar TerDU rahbariyati hamda “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Surxondaryo viloyat Kengashi tomonidan diplom, esdalik sovg’alar hamda 500 000 ming so‘m pul mukofoti bilan taqdirlanishdi.
Bizni kuzatishda davom eting!