TerDU: Universitet Kengashining navbatdagi yig'ilishi tafsiloti

Termiz davlat universiteti Kengashining navbatdagi yigʻilishida kengash aʼzolari bevosita, qolgan ishtirokchilarga videokonferens aloqa (ZOOM) orqali onlayn ishtirok etdi.

Dastlab rektor A.Maraximov tomonidan Termiz davlat universitetida 2021-yil yakunlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi “Davlat oliy taʼlim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” gi PQ-60 son va “Davlat oliy taʼlim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi PQ-61 son qarorlaridan kelib chiquvchi vazifalar toʻgʻrisida fikr bildirildi.

Shundan so’ng  muvaffaqiyat va yutuqlarga erishgan, ilmiy daraja olgan professor-oʻqituvchilarga (fan doktori, professor, dotsent, PhD) diplom attestatlari tantanali ravishda topshirildi.

Kun tartibida 2021-2022 oʻquv yili boʻyicha universitet qabul komissiyasining hisoboti, Termiz davlat universitetida 2021-yil davomida kapital qurilish va rekonstruksiya ishlarining amalga oshirilishi, talabalarga stipendiyalar tayinlash va toʻlash, professor-oʻqituvchilarning maoshlarini oʻz vaqtida berish, xodimlarni ragʻbatlantirish boʻyicha moliyaviy hisobot, universitetda 2022-2023 oʻquv yilida yangi taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklarini ochish taklifi, Termiz davlat universiteti Kengashi Nizomini (yangi tahrirda), Termiz davlat universitetida tyutorlik faoliyatini baholash mezonlarini hamda Termiz davlat universitetining yangi tahrirdagi “Ichki tartib-qoidalari” va “Odob-axloq kodeksi”ni tasdiqlash to’g’risidagi masalalar ko’rib chiqildi.

Kengash aʻzolari universitet professor-oʻqituvchilari tomonidan tayyorlangan darslik, monografiya, risola hamda oʻquv qoʻllanmalarni nashr etish uchun tasdiqlab berishdi. 

Soha prorektorlari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlariga ish faoliyatlarini yanada samarali tashkil etishlari uchun notebook va planshetlar taqdim etildi. 

Yakunda kun tartibiga qoʻyilgan qator masalalar yuzasidan takliflar olindi va ularning ijrosi boʻyicha qarorlar chiqarildi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Nazariya va amaliyot uyg‘unligi — malakali huquqshunoslar tayyorlashning muhim omili

  • 2026-07-25
  • 47

Termiz davlat universiteti Yuridik fakultetining 1-kurs qo‘shma ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalari o‘quv-amaliyot jarayonlarida faol ishtirok etib, auditoriyada egallagan nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan mustahkamlashmoqda.

Batafsil

TerDUda innovatsiya va startap g'oyalari qo'llab-quvvatlanmoqda

  • 2026-07-24
  • 67

"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida "Innovatsiya va startaplar festivali" bo'lib o'tdi. Festival davomida yoshlarning istiqbolli startap loyihalari taqdim etilib, eng yaxshi tashabbuslar munosib taqdirlandi.

Batafsil

TerDU talabasi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori!

  • 2026-07-24
  • 46

Termiz davlat universiteti Milliy libos va san'at fakulteti 2-bosqich talabasi Abdulazizova Mubina 2026-yilgi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi tanlovida "Dastgohli rangtasvir" yo'nalishi bo'yicha g'olib deb topildi.

Batafsil