🟢Xabaringiz bor, 30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan “INNO” innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparkida faol va iqtidorli yoshlarni taqdirlash marosimi tashkil etildi.
.jpg)
🟢Unda ilm-fan, innovatsiya va tadqiqotlar sohasida yuksak natijalarga erishgan, respublika miqyosidagi tanlov va dasturlarda faol ishtirok etgan 21 nafar yosh “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
.jpg)
Quvonarlisi, e’tirof etilganlar safida Termiz davlat universiteti vakillari ham munosib o‘rin oldi:
🟢Eshankulov Xasan Nurmamatovich – Kimyo fakulteti PhD;
🟢Eshqurbonova Munisaxon Bozor qizi – Kimyo fakulteti tadqiqotchisi.
Ushbu yuksak e’tirof universitetimizda ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish borasida olib borilayotgan izchil ishlarning amaliy natijasidir.
.jpg)
✨Ustoz va tadqiqotchilarimizni ushbu yuksak mukofot bilan samimiy tabriklaymiz! Kelgusidagi ilmiy faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar, yangi kashfiyotlar va xalqaro maydonda yanada yuksak marralarni zabt etishlarini tilaymiz.