O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni sohibi, ensiklopedik olim, akademik Nurislom To‘xliyev ishtirokida Termiz davlat universiteti talabalari uchun uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda ilm sohasida mashaqqatli yo‘lni bosib o‘tgan, hayotiy tajribaga ega olimning ilmiy faoliyati borasidagi fikr-mulohazalari talabalarga so‘zlab berildi.
Yakunda talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar olishdi.