Oldin xabar berganimizdek, talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, sirtqi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalarni universitet hayotiga jalb etish maqsadida sport faoliyati va boshqaruvi fakulteti talabalari ishtirokida "Dekan kubogi" doirasida futbol musobaqasi o‘tkazildi.
Final o‘yinlari yanada qiziqarli bellashuvlarga boy bo‘ldi. 10ta jamoa o'zaro g‘oliblik uchun to‘p surishdi. O‘yin yakunlariga ko‘ra, 1-o‘rinni 5-bosqich 10-19-guruh talabalari egalladi va kubokka sohib chiqishdi.