Termiz davlat universiteti kompyuter va dasturiy injiniring kafedrasi o'qituvchisi Mirsaburova Umida Miraxmatovnaning Farg'ona davlat universiteti huzuridagi PhD.03/30.12.2019.FM.05.04 raqamli Ilmiy kengashning 01.01.02 – “Differensial tenglamalar va matematik fizika” ixtisosligi bo‘yicha “Elliptik-giperbolik va soha ichida buziladigan giperbolik tipdagi singulyar koeffitsiyentli tenglamalar uchun siljishli masalalar” mavzusida fizika-matematika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilganligi bilan tabriklaymiz!

Universitet jamoasi nomidan Umida Miraxmatovnani ushbu yutugʻi bilan qutlab, olimaga mustahkam sogʻlik, ilm yoʻlida muvaffaqiyat tilaymiz.