Termiz davlat universiteti milliy libos va san’at fakulteti qoshida tikuvchilik sexi tashkil etilgan bo‘lib, talabalar nazariy bilimlarini amaliy darslar bilan bir vaqtning o‘zida umumlashtirgan holda olib borishmoqda.
Bu yerda hunarmandchilik, tikuvchilik namunalarini yaratish va talaba-qizlarning hunar egallashlari uchun barcha zamonaviy sharoitlar yaratilgan.
Ayni vaqtda tikuvchilik sexida 50 ga yaqin tikuv mashinkasidan samarali foydalanilmoqda. Shuningdek, dars mashg‘ulotlarini olib borish uchun 90 o‘rinli dizayn studiyasi faoliyat ko‘rsatishi bilan birga, talabalarga 13 nafar mohir professor-o‘qituvchilar tikuvchilikning sir-asrorlarini o‘rgatishmoqda.