Kitobxonlik tadbiri oʻtkazildi

Kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ibot qilish maqsadida yoshlar masalalari va ma’naviy-ma‘rifiy ishlar boʻyicha prorektor O.Shofiyev, kimyo fakulteti dekani H.Toʻrayev va professor-oʻqituvchilar boshchiligida Axborot-resurs markazida "Shaxs kamoloti va kitobxonlik madaniyati" mavzusida kitobxonlik tadbiri tashkil etildi. Tadbir davomida yigit-qizlar ilmiy, badiiy, oʻquv darsliklar, oʻquv qoʻllanmalar va elektron adabiyotlar bilan tanishish imkoniyatiga ega boʻlishdi. 

Ma’lumot uchun: bugungi kunda ARM fondi 165017 dona adabiyotni tashkil etib, shundan 18815 donasi badiiy, 130115 dona darslik va oʻquv qo‘llanmalar va 16087 dona boshqa turdagi adabiyotlardan iborat. Kimyo mutaxassisligiga oid o‘quv darsliklar soni esa  200 nomdan ortiq.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Nazariya va amaliyot uyg‘unligi — malakali huquqshunoslar tayyorlashning muhim omili

  • 2026-07-25
  • 4

Termiz davlat universiteti Yuridik fakultetining 1-kurs qo‘shma ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalari o‘quv-amaliyot jarayonlarida faol ishtirok etib, auditoriyada egallagan nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan mustahkamlashmoqda.

Batafsil

TerDUda innovatsiya va startap g'oyalari qo'llab-quvvatlanmoqda

  • 2026-07-24
  • 12

"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida "Innovatsiya va startaplar festivali" bo'lib o'tdi. Festival davomida yoshlarning istiqbolli startap loyihalari taqdim etilib, eng yaxshi tashabbuslar munosib taqdirlandi.

Batafsil

TerDU talabasi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori!

  • 2026-07-24
  • 10

Termiz davlat universiteti Milliy libos va san'at fakulteti 2-bosqich talabasi Abdulazizova Mubina 2026-yilgi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi tanlovida "Dastgohli rangtasvir" yo'nalishi bo'yicha g'olib deb topildi.

Batafsil