Sport faoliyati va boshqaruvi fakultetida talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida sport va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Xususan, "Dekan kubogi" bo‘yicha bo‘lib o‘tayotgan futbol musobaqasi qizg‘in tus oldi. Ilk marotaba 285 nafardan ortiq Sirtqi ta’lim shaklida tahsil oluvchi talabalar o‘zaro jamoalarga bo‘lingan holda murosasiz o‘yin ko‘rsatishmoqda.
.jpg)
Shuningdek, tashkil etilgan "Osh chempionati"da yigit-qizlar faol ishtirok etib, o‘z pazandalik mahoratini namoyish etishdi.
