Oxirgi ikki yil ichida universitet kafedralarida tashqi o‘rindosh asosida ishlaydigan xodimlarning ko‘payishi natijasida ta’lim sifatining pasayish holati kuzatilgan. Misol tariqasida, 2023/2024-o‘quv yilida iqtisodiyot va turizm — 27 nafar, yuridik fakultetida 15 nafarni tashkil etgan.

Ma'lumot uchun:2023/2024-o‘quv yilida jami dars yuklamasi 734 453 soat bo‘lib, bu 876,75 shtat birligini tashkil etib, bugungi kunda oliygohda 734 nafar professor-o‘qituvchidan 618 nafari asosiy, 116 nafari ichki o‘rindosh hamda 122 nafari tashqi o‘rindoshlik asosida faoliyat yuritadi.
Yig‘ilishda talabalarni mutaxassislik fanlaridan o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlanish darajasi ham qoniqarli emasligi tanqid qilindi. Xususan, 2023/2024-o‘quv yilida ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarda 2727 ta fan o‘qitilayotgan bo‘lsa, shundan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida o‘qitiladigan 2288 ta fandan 2120 tasi, magistratura mutaxassisliklarida o‘qitiladigan 439 ta fandan 421 tasi o‘quv adabiyotlari bilan to‘liq ta’minlanganligi aytib o‘tildi.
Achinarlisi, aksariyat fanlarning o‘quv adabiyotlari ma’nan eskirgan bo‘lib, birorta kafedra yangi adabiyot sotib olishga harakat qilmagan.