Termiz davlat universiteti moliya va moliyaviy texnologiyalar kafedrasi o‘qituvchisi Imomova Muhabbat Volnazarovnaning 08.00.07- “Moliya, pul muomalasi va kredit” ixtisosligi bo‘yicha “Jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlarni undirish mexanizmini takomillashtirish” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilganligi bilan tabriklaymiz!

Universitet jamoasi nomidan Muhabbat Volnazarovnaning ushbu yutug‘i bilan qutlab, olimaga mustahkam sog‘lik, ilm yo‘lida muvaffaqiyat tilaymiz.