Universitet sport faoliyati va boshqaruv fakulteti talabalari o‘rtasida 14-yanvar — “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan tashkil etilgan harbiy sport o‘yinlari musobaqasida talabalar tosh ko‘tarish, arqon tortish, turnikda tortilishda o‘z kuch va mahoratini sinovdan o‘tkazishdi.
Vatanparvarlar bogʻida boʻlib oʻtgan musobaqa natijalariga ko‘ra g‘oliblikni qo‘lga kiritgan talabalar faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.