14-yanvar O‘zbekiston Respublikasining suvereniteti, hududiy yaxlitligi, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qiladigan kasb egalari – Vatan himoyachilari kuni va O‘zbekiston Respublikasi qurolli kuchlari tashkil topgan kun sifatida nishonlanmoqda.
Ushbu sana munosabati bilan bugun Termiz davlat universiteti va viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida 14-yanvar — "Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston armiyasi - mamlakat qudrati, yuksak g‘urur va sadoqat timsolidir!” shiori ostida tadbir tashkil etildi.