Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi doirasida Termiz davlat universiteti rektori A.Toshqulov ayni vaqtda Tehron shahrida O'zbekiston delegatsiyasi tarkibida o‘zaro hamkorlik uchrashuvlarida ishtirok etmoqda.
2023-yil natijalariga ko‘ra, milliy reytingda 1-o'rin, xalqaro QS reytingida 334, THE reytingida 301-350 o'rinlarni egallagan, shuningdek, STEM fanlari bo'yicha mamlakatda yetakchi univesitet hisoblangan Sharif texnologiya universiteti Prezidenti bilan uchrashuv davomida memorandum imzolandi.

Ushbu memorandum kelgusida ikki oliygoh o'rtasida professor-o'qituvchi va talabalar almashuvi, xalqaro ta'lim dasturlarida hamkrolik, shuningdek, tegishli sohalarda qo'shma ilmiy tadqiqot ishlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz: