28-dekabr kuni Termiz davlat universitetida joriy yilning 22-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida o‘tkazilgan Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida Ma’naviyat, ma’rifat, madaniyat, san’at va ijod sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalarning mazmun-mohiyatiga bag'ishlangan seminar tashkil etildi.

Mazkur seminar Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor O.Shofiyev tomonidan olib borildi.

Seminarda 400 nafar universitet professor-o'qituvchilari va tyutorlar ishtirok etishdi.
