Mamlakatimizda klublar o‘rtasida o'tkazilgan dzyudo bo'yicha O‘zbekiston chempionatida Termiz davlat universitetining ikki nafar talabalari Hasan Boynazarov 60 kg vazn hamda Islom Shernazarov 73 kg vazn toifasi bo'yicha 1-o‘rinni egallab, oltin medalni zabt etishdi. Jamoaviy hisobda esa ishtirokchilar 3-o'rin bilan cheklanishdi.
