Davlat tashkilotlari va ta’lim muassasalari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog‘lash maqsadida O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o'rinbosari Sh.To‘xtaboyev hamda Termiz davlat universiteti talabalari ishtirokida ochiq muloqot tarzida uchrashuv tashkil qilindi.
Unda talabalar prokuratura organi faoliyati, yartilgan sharoitlar, ish jarayoni va boshqarmada tashkil etilgan ma'naviyat zali hamda muzey bilan tanishtirildi.
Tadbir davomida O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi markaziy apparati, Toshkent davlat yuridik universiteti, Termiz davlat universiteti yuridik fakulteti, Toshkent Iqtisodiyot va diplomatiya universiteti hamda barcha viloyatdagi prokuratura organlari xodimlari va talabalar uchun o‘quv seminari ham tashkil etildi.
Yakunda talaba yoshlar prokuratura sohasiga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mas’ullardan javoblar olishdi.