Yana kulib kelgin yangi yil!

Termiz davlat universiteti yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektor, yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti va o'zbek filologiyasi fakulteti jamoasi viloyat Ftiziatriya va pulmonologiya markazida davolanayotgan bolajonlarga yangi yil munosabati bilan mehr-muhabbat ko'rsatishdi.

Ayniqsa, universitet xodimlarining qorbobo va qorqiz, ertak qahramonlari, sovg'a-salomlar bilan tashrif buyurishgani bolajonlarga bir olam quvonch bag'ishladi. 

Shundan so'ng, bayram tadbiri o'zbek filologiyasida davom etdi. Talabalar tomonidan namoyish etilgan sahna ko'rinishlari, musiqiy chiqishlar ishtirokchilarga bayram kayfiyatini ulashdi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Nazariya va amaliyot uyg‘unligi — malakali huquqshunoslar tayyorlashning muhim omili

  • 2026-07-25
  • 10

Termiz davlat universiteti Yuridik fakultetining 1-kurs qo‘shma ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalari o‘quv-amaliyot jarayonlarida faol ishtirok etib, auditoriyada egallagan nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan mustahkamlashmoqda.

Batafsil

TerDUda innovatsiya va startap g'oyalari qo'llab-quvvatlanmoqda

  • 2026-07-24
  • 20

"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida "Innovatsiya va startaplar festivali" bo'lib o'tdi. Festival davomida yoshlarning istiqbolli startap loyihalari taqdim etilib, eng yaxshi tashabbuslar munosib taqdirlandi.

Batafsil

TerDU talabasi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori!

  • 2026-07-24
  • 15

Termiz davlat universiteti Milliy libos va san'at fakulteti 2-bosqich talabasi Abdulazizova Mubina 2026-yilgi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi tanlovida "Dastgohli rangtasvir" yo'nalishi bo'yicha g'olib deb topildi.

Batafsil