Termiz davlat universiteti Milliy libos va sanʼat fakultetida universitetimizning 70 yillik yubileyi munosabati bilan talabalar tomonidan teatrlashtirilgan sahna ko'rinishlari namoyish etildi.
Unda iste'dodli yoshlar tomonidan mahirona ijro etilgan "Parvona", "Anor", "Errayim ekonom", "Nayman ona qissasi", "Qochoq", "Super hamshira", "Hayajonlanmang" kabi spektakllar yig'ilganlarda katta taassurot qoldirdi.