Rektor A.Toshqulovning fakultet jamoalari bilan uchrashuvlari davom etmoqda. Navbatdagi manzil sport faoliyati va boshqaruvi fakulteti bo‘ldi. Mazkur fakultetning moddiy-texnik bazasi, futbol stadionining bugungi holati o‘rganildi.
Shundan so‘ng mazkur fakultet professor-o‘qituvchilari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda fakultet faoliyatini yaxshilash maqsadida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar rejasini bajarish bo‘yicha mas’ullarga topshiriq berildi. Fakultetda yangi zamon talablariga mos yo‘nalishlar ochish, sport jihozlari, uskunalari va inventarlarini xarid qilish, futbol maydoniga sun’iy qoplamalar yotqizish ishlarini boshlash belgilandi.
Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.