Milliy libos va san’at fakulteti musiqa ta’limi yo‘nalishi professor-o‘qituvchi va talabalari tomonidan tayyorlangan hisobot kontsertida ishtirok etgan universitet rektori tadbir yakunida so‘z olib, fakultet professor-o‘qituvchilari bilan muloqot qildi.
Imkoniyatdan kelib chiqib tashkil etilgan kontsertdagi har bir chiqishga yuqori baho bergan oliygoh rektori mavjud sharoit, musiqiy asbob-uskunalarning yetarli emasligi hamda ularning ma’nan eskirganligini qayd etib, qisqa fursatda professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun eng zamonaviy sharoitlarni yaratishga qaratilgan harakatlar boshlanishini ta’kidladi.
Fakultetda yangi ta’lim yo‘nalishlarini ochish, madaniyat va san’atning rivojlanishi uchun zamonaviy sharoit hamda imkoniyatlar yaratish, professor-o‘qituvchilar va iste’dodli talabalarni qo‘llab-quvvatlash borasida mas’ullarga topshiriqlar berildi.
Shuningdek, universitet qoshida tashkil etilgan «Jayhun» xalq folklor ansamblining faoliyatini rivojlantirish, jamoaning moddiy texnik bazasini boyitish, gastrol kontsert safarlarini tashkil etish kabi masalalar yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi.
Yakunda jamoaga universitetning 70 yillik yubileyi oldidan musiqa ta’lim yo‘nalishi talabalari va ansamblining repertuarlarini yanada boyitish, bu orqali yubiley tadbirlari ishtirokchilariga bayram shukuhini berish vazifasi yuklatildi.
Shundan so‘ng, fakultet professor-o‘qituvchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.
Bizni kuzatib boring