Dastlab axborot-resurs markazida kitobxonlar uchun yaratilgan sharoitlar, moddiy texnik baza, adabiyotlar fondi va raqamlashtirish jarayoni ko‘zdan kechirildi. Mavjud kamchiliklar va qilinishi kerak bo‘lgan ishlar yuzasidan topshiriqlar berildi.
Tanishuv davomida oliygoh rahbari tomonidan mutasaddilarga ARMni ta’mirlash ishlarini boshlash, jihozlash, fonddagi kitoblarni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish, ma’nan eskirgan adabiyotlarni hisobdan chiqarish bo‘yicha ishchi-guruh tuzishga doir topshiriqlar yuklandi.
Yakunda ARMni to‘liq raqamlashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan loyiha taqdimoti bilan tanishilib, unga oid takliflar bildirildi. Mas’ullarga ARMda mazkur raqamlashtirish ishlarini yakunlash uchun 3 oy muddat belgilandi hamda dasturni HEMIS tizimiga integratsiya qilish, professor-o‘qituvchilar va talabalar qatnovini monitoring qilish topshirig‘i berildi.
Bizni kuzatib boring