Bugun “Rektor soati” bo‘lib o‘tdi. Unda soha prorektorlari, fakultet dekanlari va bo‘lim boshliqlari ishtirok etdi. Yig‘ilishda o‘tgan hafta berilgan topshiriqlar ijrosi tahlil etildi va mas’ullarga tegishli vazifalar berildi. Xususan, ijro intizomi, oraliq va joriy nazoratlarni adolatli va shaffof o‘tishini ta’minlash, ta’lim sifatini yanada yaxshilash, fakultetlarda yangi yil bayrami tadbirlarini ko‘tarinki ruhda va yuqori saviyada o‘tkazish, talabalarning o‘zboshimchalik bilan ommaviy bayram yig‘inlarini tashkil etmasligi bo‘yicha tushunchalar berish hamda turli noxush holatlarning oldini olish, ularning ta’til munosabati bilan o‘z uylariga xavfsiz yetib borishlarini ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar berildi.