Termiz davlat universitetida oliygoh psixologi hamda psixologiya kafedrasi professor-o’qituvchilari tomonidan "ART-TERAPIYA" bo'yicha trening o'tkazildi.
Trening mashg’ulotlari davomida talabalarning qobiliyatlarini aniqlash va hayotda o’z o’rnini topishlariga ko’maklashish uchun interaktiv, qiziqarli metodlardan keng foydalanildi.
Art terapiya – bu san’at, ijod orqali davolash degan ma’noni anglatib, odamlarning o’ziga bo‘lgan ishochini oshirishga yordam beradi. Dam olish va salbiy his-tuyg'ular va fikrlardan xalos bo'lishga o'rgatadi. U xotirani mustahkamlash, e'tiborni rivojlantirish, fikrlash va tezkor qaror qabul qilish imkoniyatini kuchaytiradi.