Termiz davlat universiteti Fuqarolik jamiyati kafedrasi katta o‘qituvchisi Dusnazarova Mavjuda Ilyamonovnani Termiz davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.12.2019.Tar.78.02 raqamli Ilmiy kengashning “O‘zbek oilasida kuyov-kelin bilan bog‘liq nikoh marosimlarini etnomadaniy jarayonga ta’siri (XIX asrning ikkinchi yarmi –XXI asr boshlari Surxon – Sherobod vohasi misolida)” mavzusidagi 07.00.07 – Etnografiya, etnologiya va antropologiya ixtisosligidan tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilganligi bilan tabriklaymiz!

Universitet jamoasi nomidan Mavjuda Ilyamonovnani ushbu yutug‘i bilan qutlab, olimaga mustahkam sog‘lik, ilm yo‘lida muvaffaqiyat tilaymiz.