Rektor A.Toshqulovning navbatdagi uchrashuvi universitetning yuridik fakulteti talabalari bilan bo‘ldi.
Samimiy muloqot tarzida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda fakultetda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, ularning zamonaviy va sifatli bilim olishlari maqsadida ilmiy darajaga ega bo‘lgan malakali yosh mutaxassislarni keng jalb qilish, respublikaning nufuzli oliy ta’lim muassasalarida akademik mobillik asosida tahsil olishlari uchun imkoniyat yaratish, fakultet axborot resurs bazasini yuridik adabiyotlar bilan boyitish bo‘yicha qator takliflar bildirildi.
Shuningdek, fakultetning moddiy-texnik bazasini yaxshilash hamda talabalarining davlat idoralarida amaliyot o‘tashlarini tizimli yo‘lga qo‘yish bo‘yicha fikr va mulohazalar o‘rtaga tashlandi.
Ko‘tarilgan masalalar yuzasidan mas’ullarga zaruriy topshiriqlar berildi.
Muloqot davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirayotgan masalalar va mavjud muammolar bo‘yicha rektor bilan erkin muloqot qildilar.
Uchrashuv so‘nggida talabalar o‘rtasida fakultet faoliyati va dars jarayonlariga oid anonim so‘rovnoma ham o‘tkazildi.
Bizni kuzatib boring