Bugun Termiz davlat universiteti rahbariyati, professor - o‘qituvchilar va ishchi - xodimlari viloyatdagi musiqali drama teatriga tashrif buyurib, dramaturg Xoliq Xursandov qalamiga mansub "Muhabbatim - qismatim" nomli spektaklni tomosha qildilar.
Tomoshabinlarga havola qilingan spektakl davomida oilaning muqaddasligi, ota va farzand munosabatlari, farzand tarbiyasi kabi mavzular sahnaga olib chiqildi.
Universitet jamoasi uchun bu kabi madaniy tadbirlar yil davomida doimiy tashkil qilib boriladi.
Bizni kuzatib boring