Termiz davlat universiteti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi Xamidov Mansur Abdumannobovichning Termiz davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/31.03.2021.Fil.78.04 raqamli Ilmiy kengashning “O‘zbek tili Janubiy Surxondaryo o‘zbek shevalari barqaror birikmalarining lingvistik xususiyatlari” mavzusidagi 10.00.01 – o‘zbek tili ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilganligi bilan tabriklaymiz!

Universitet jamoasi nomidan Mansur Abdumannobovichni ushbu yutug‘i bilan qutlab, mustahkam sog‘lik, ilm yo‘lida muvaffaqiyat tilaymiz.