Termiz davlat universiteti O‘zbek tilshunosligi kafedrasi stajyor-tadqiqotchisi Bozorov Hamid Xo‘shmurodovichning Termiz davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/31.03.2021.Fil.78.04 raqamli Ilmiy kengashning
“O‘zbek xalq ertaklarining lingvomadaniy tadqiqi” mavzusidagi 10.00.01 – O‘zbek tili ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilganligi bilan tabriklaymiz!
.jpg)
Universitet jamoasi nomidan Hamid Xo‘shmurodovichni ushbu yutug‘i bilan qutlab, mustahkam sog‘lik, ilm yo‘lida muvaffaqiyat tilaymiz.