Termiz davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Geografiya kafedrasi mudiri, geografiya fanlari doktori, professor Bahodir Abdumo'minovich 4-bosqich Tuproqshunoslik ta'lim yo'nalishi talabalariga "Internet manbalaridan geoma'lumotlar olish" mavzusida ochiq dars o'tdi.
Ochiq maʼruza darsi taqdimot orqali talabalarini erkin muloqotga jalb qilish, shuningdek, ilgari surilgan muammolarni tahlil qilish yo‘nalishida olib borildi.
Darsda oʻqituvchi tomonidan tayyorlangan taqdimot, savol-javoblar, qiziqarli bahs-munozaralar asosida zamonaviy texnologiyalardan foydalanildi.