Termiz davlat universitetida Rus tili markazining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Ochilish marosimida «Rossotrudnichestvo» tashkilotining O’zbekistondagi vakolatxonasi boshlig’i Staroselskaya Irina Aleksandrovna hamda professor-oʻqituvchilar, talabalar ishtirok etishdi.
Rus tili markazi “Rossotrudnichestvo” tashkilotining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi tashabbusi bilan turli oʻquv va badiiy adabiyotlar, darslik, oʻquv materiallari, audio va video qoʻllanmalar, zamonaviy oʻquv texnologiyalari bilan jihozlandi.
Endilikda bu yerda professor-oʻqituvchilar, talabalar hamda rus tili va adabiyoti ixlosmandlari turli seminar-treninglar oʻtkazish, oʻquv kurslari tashkil etish, klassik va zamonaviy rus adabiyoti namunalari, sohaga oid soʻnggi yangiliklar bilan tanishish imkoniyatiga ega boʻladi.