Joriy yilning 4-dekabr kuni Termiz davlat universitetida "Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limi tomonidan talabalarning innovatsion loyihalarini rivojlantirish va rag‘batlantirish maqsadida “Ideaton-Uzbekistan 2030" va "Top 10 ta Innovator" reytingi g'oyalar tanlovi g'oliblari aniqlandi!
“Ideaton - Uzbekistan 2030” tanlovi hamda "TOP 10 INNOVATOR" reytingi g'oliblarini aniqlash maqsadida har bir ishtirokchimning loyiha taqdimotlari va ishlanmalari hakamlar tomonidan ko'rib chiqildi va eng yuqori natijaga erishgan ikkala tanlov bo'yicha 3 tadan nomzod tanlov g'oliblari deb topildi.
“Ideaton - Uzbekistan 2030” tanlovi bo'yicha:
1.Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar fakulteti magistranti Yulduz O'tanazarova;
2.Iqtisodiyot va turizm fakulteti talabasi Maftuna Narzullayeva;
3.Tabiiy fanlar fakulteti talabasi
Sherali Xolmamatov;
"TOP 10 Innovator reytingi tanlovi bo'yicha:
1.Fizika-matematika fakulteti talabasi Abdulaziz Yo'ldoshev;
2.Kimyo fakulteti talabasi Shahrizoda Sayfiyeva;
3.Iqtisodiyot va turizm fakulteti talabasi Jamshid Safarov g'oliblikni qo'lga kiritdilar.