Termiz davlat universiteti O'zbek filologiyasi fakultetida O'zbek tilshunosligi kafedrasi katta o'qituvchisi, filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori Dilrabo Ergasheva 2-bosqich filologiya va tillarni o'qitish:o'zbek tili ta'lim yo'nalishi talabalariga "Hozirgi o'zbek tilida yordamchilar. Bog'lovchi" mavzusida ochiq dars o'tdi.
Dars yakunida talabalar tomonidan mavzu to’liq o’zlashtirilganligi savol-javoblar orqali aniqlandi va ularning fikr-mulohazalari tinglandi.
Mavzuni yanada mustahkamlash maqsadida oʻqituvchi tomonidan talabalarga foydali darsliklar tavsiya etildi.