Termiz davlat universiteti Texnologik ta’lim kafedrasi katta o‘qituvchisi Qurbanov Abdimalik Jo‘rayevichning Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.06.2020.T.111.02 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengashning 05.07.01 – “Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari.

Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash” ixtisosligi bo‘yicha “Mosh hosilini yanchib, donini ajratadigan qurilma parameter va ish rejimlarini asoslash” mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilganligi bilan tabriklaymiz!
Universitet jamoasi nomidan Abdimalik Jo‘rayevichni ushbu yutug‘i bilan qutlab, mustahkam sog‘lik, ilm yo‘lida muvaffaqiyat tilaymiz.