Termiz davlat universiteti Analitik kimyo kafedrasi tayanch doktoranti Eshankulov Xasan Nurmamatovichning Termiz davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/31.01.2023.K/T.78.01 raqamli Ilmiy kengashning «Izopren kauchuk va metall tutgan akril oligomerlar bilan modifikatsiyalangan bitumlar olish texnologiyasini yaratish» mavzusidagi 02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi ixtisosligi bo‘yicha texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilganligi bilan tabriklaymiz!
Universitet jamoasi nomidan Xasan Nurmamatovichni ushbu yutug‘i bilan qutlab, mustahkam sog‘lik, ilm yo‘lida muvaffaqiyat tilaymiz.
