TerDUda talabalarining O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bo'yicha bilim va ko'nikmalari, huquqiy savodxonligini oshirish, hayotda munosib o'rin topishlarida bosh qomusimizning ahamiyati va rolini oshirishga munosib sharoit yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qoidalari va tamoyillarini o‘rganish bo‘yicha olimpiada o‘tkazildi.
Test va savol-javob ko‘rinishida tashkil etilgan ikki bosqichli olimpiadada qatnashgan 19 nafar talabalardan 8 nafari ikkinchi boshqichda o'z bilim va mahoratini namoyon etish imkoniyatiga ega bo'lishdi.
Hakamlar hay'ati xulosalariga ko'ra:
1-o'rin Sevara Qurbonova
2-o'rin Akobir Arziyev
3-o'rin esa Sevinch Xolmurodova hamda Nodirabonu Abdurafiyevaga nasib etdi.