3-dekabr — “Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan Termiz davlat universitetida tahsil olayotgan imkoniyati cheklangan talabalar uchun bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda universitetning 268 nafar imkoniyati cheklangan talabalariga bir bazaviy stipendiya miqdorida pul mablag‘i, esdalik sovgʻalari berildi.
Shuningdek, bayram dasturxoni tashkillashtirildi.
Eslatib o'tamiz, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 1992-yil 14-oktabrdagi qarori bilan 3-dekabr Xalqaro nogironlar kuni, deb eʼlon qilingan. Ushbu sana butun dunyo boʻylab keng nishonlanadi va bundan asosiy maqsad yurtdoshlarimizni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashdan iborat.