Termiz davlat universiteti Fakultetlararo chet tillari kafedrasi o‘qituvchisi Safarmaxmatova Zarina Narzullayevnaning Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02-raqamli Ilmiy kengashning 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi ixtisosligi bo‘yicha “Zamonaviy media olamida tilning paremiologik tadqiqi (gazeta matni misolida)” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilganligi bilan tabriklaymiz!

Universitet jamoasi nomidan Zarina Narzullayevnani ushbu yutug‘i bilan qutlab, mustahkam sog‘lik, ilm yo‘lida muvaffaqiyat tilaymiz.